Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.



Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.🎙 Tadbirda o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizni asrash hamda tilimiz nufuzini oshirish haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, mavzuga oid ko'rgazmali ma'lumotlar namoyish etildi.
✍️ Ishtirokchilar “Til — millat ko‘zgusi” mavzusidagi diktantni yozib, imloviy savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar.21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat ramzidir.
O‘zbek tilini asrash, uning sofligini ta’minlash, nufuzini oshirish va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.Ona tilimiz abadiy barhayot, qadr-qimmati hamisha yuksak bo‘lsin!

