Barcha yangiliklar RSS

Korrupsiyaga qarshi faoliyat

Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot


📍Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A. Urazbayev boshchiligida Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish va fidokorona mehnat qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

✅ Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonunning mazmun-mohiyati ham yoshlarga tushuntirildi.

ℹ️Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasiga aniq ta’rif berilishi, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining huquqiy maqomi mustahkamlanishi, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona tizimini shakllantirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚠️Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish muhimligi alohida qayd etildi.
Сегодня, 10:53
Ko'rishlar: 24
Sahifani chop etish