Fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi


Fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi👥Fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish, zararsizlantirish ishlarini olib borish hamda ushbu jarayonlar bo‘yicha dalolatnomalarni rasmiylashtirish faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish maqsadida ZOOM platformasi orqali videokonferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔵Yig‘ilish davomida hududlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga ish jarayonida kamchilik va loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, davlat xizmatchilarining kasb etikasi hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🩵Xodimlarga zimmasidagi vazifalarni halollik, mas’uliyat va sadoqat bilan ado etish, xizmat faoliyati davomida noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda fuqarolar bilan munosabatlarda xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida qonunbuzilish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

