Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri


Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri🇺🇿Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A. Abdullayev ishtirokida “Do‘stlik” O‘KCHM hamda “Toshsaqa” O‘KMda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
💬Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, qonuniylikka rioya qilish hamda xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🩵Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish, xizmat faoliyatida halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

