Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari



Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda🤩O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-sonli “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi doirasida Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining tuman bo'limlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
💭Mashg‘ulotlarda Farmonda belgilangan vazifalar, nazorat tadbirlarini qonunchilik talablari asosida amalga oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
👤Mazkur o‘quv mashg‘uloti boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A. Abdullayev tomonidan olib borilmoqda.

