Korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflikni ta’minlash — muhim vazifa


✅Korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflikni ta’minlash — muhim vazifa
📍Urganch tumanida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri hamda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🔹Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-sonli “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
💬Mashg‘ulotlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik va nazorat tadbirlarini shaffof amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🎯Qonun ustuvorligi, halollik va shaffoflik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim tamoyillaridir!

