9-aprel – Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Biz kim, Mulki Turon!” mavzusida targ‘ibot tadbiri


Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida 9-aprel – Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Biz kim, Mulki Turon!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
💙Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
💬Tadbir davomida Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, adolat tamoyillari hamda boy ma'naviy merosi haqida so‘z yuritildi.
📼Shuningdek, Sohibqironning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi hamda ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etildi.
🖋Tadbir yakunida Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning vatanparvarlik, bunyodkorlik va ilm-ma'rifatga oid g‘oyalarini keng targ‘ib etish bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

